09:00 / 06.03.2017
7712

OAV: Meyuezer avtomobili Birmingemda yoqib ketildi

Taniqli amerikalik bokschi Floyd Meyuezer kichik mashinasining kuli ko‘kka sovurildi. Hodisa sportchining Angliyaga safari chog‘ida yuz bergan, deb xabar qilmoqda The Sun gazetasi. 

Voqea bokschining Birmingemdagi savdo markazida muxlislari bilan uchrashuvi vaqtida sodir bo‘lgan. Noma'lum g‘arazgo‘ylar Meyuezerning miniveniga o‘t qo‘yishgan va voqea joyidan g‘oyib bo‘lishgan. 

Meyuezer kichik boks tarixidagi eng yuqori haq to‘lanadigan sportchi hisoblanadi. U o‘z faoliyati mobaynida 49 jangda g‘alaba qozongan (26tasi nokaut), biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. 2015 yil sentabrida faoliyatini tamomlagani haqida e'lon qilgan edi. 

Top