15:14 / 06.03.2017
11257

Samsung Galaxy S8 smartfoni video va benchmarkda 

Samsung Galaxy S8 smartfoni tasvirlangan yangi video Slashleaks resursi tomonidan taqdim etildi. Geekbench benchmarkida esa S8 va S8 Plus'ning test natijalari paydo bo‘ldi. 

Yangi videoda hajmi kattalashgan ekranli smartfonni ko‘rish mumkin. Shunday bo‘lsa-da, Samsung Galaxy S8 qurilmasining o‘lchamlari o‘zidan oldingi qurilmadan farq qilmaydi. Smartfondan "Home" tugmasi olib tashlangan, shu bois 18:9 o‘lchamli ekran old panelni deyarli to‘liq egallaydi. 

Geekbench'da Samsung Galaxy S8 va S8 Plus smartfonlari samsung SM-G950U hamda samsung SM-G955U sifatida qayd etilgan. Ularning xususiyatlari bir va ko‘p yadroli testda:

Taqqoslash uchun - Samsung Galaxy S7 va S7 edge natijalari (turli chipsetlar - Samsung Exynos 8890 va Qualcomm Snapdragon 820dagi smartfon natijalaridagi farqqa e'tibor bering).

Top