13:20 / 06.03.2017
11483

Tojikistonda haj safariga ketish tartibi qat'iylashtirildi 

Foto: Asia-Plus

Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Azim Ibrohim haj safari tashkilotchilari bilan o‘tkazgan ishchi majlisda hukumatning asosiy vazifasi ziyoratchilar uchun kerakli barcha qulayliklarni yaratishdan iborat ekanini ta'kidlab, tegishli davlat organlari va mahalliy boshqaruv idoralari vakillariga hajga bormoqchi bo‘lgan insonlarni sinchiklab tekshirishni, xususan, ularning yashash va turmush tarzini hamda moliyaviy ahvolini o‘rganishga ko‘rsatma bergan.

Vaziyatni murakkablashtirayotgan yana bir holat Saudiya Arabistoni hukumatining Tojikistondan xajga keladigan ziyoratchilar sonini, ya'ni kvotasini hamon e'lon qilmaganidir.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish kerak-ki, o‘tgan yili 6 ming nafar Tojikiston fuqarosi hajga borishga muvaffaq bo‘lgan edi. Ayni damda Tojikiston hukumati Saudiya Arabistoni bilan ziyoratchilar soni kvotasini belgilash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top