08:29 / 07.03.2017
4097

AQSh va Yaponiya yetakchilari Shimoliy Koreya raketa sinovlarini muhokama qilishdi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 7 mart ertalab telefon orqali muloqot qilishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Yetakchilar jumladan Shimoliy Koreya tomondan 6 mart kuni o‘tkazilgan raketa sinovlarini muhokama qilishgan. 

"Prezident Tramp AQSh Yaponiyani 100 foiz qo‘llab-quvvatlashini aytgan. U shuningdek bu pozitsiyani yaponiyalik fuqarolarga  yetkazib qo‘yishni so‘ragan", deb aytdi Abe.

Avvalroq Shimoliy Koreya raketa parvozlarini AQShning Yaponiyadagi bazalariga zarba berishning mashq qilinishi deb atagandi.

Top