11:57 / 07.03.2017
18567

Andijonda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilmagan leytenant bir kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Ming afsuski, ko‘plar yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini nafaqat bilish, balki unga doimiy ravishda rioya qilish kerakligi tushunmaydi.

“Na postu” gazetasining yozishicha, Andijon viloyati Asaka IIBning voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘limi katta inspektori leytenant Tursunali Haydaraliyev aftidan belgilangan tezlik darajasiga rioya etmaslik fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi tushungan, biroq...

2016 yilning 16 avgust sanasida u taxminan kechki vaqt 22.00da o‘zining “Neksiya” avtomobilida Asaka-Quva avtoyo‘li bo‘ylab harakatlanib ketayotgandi. T.Haydaraliyev qorong‘i tushganiga qaramay tezlikni oshiradi hamda Niyozbotir qishlog‘i yaqinida yo‘lni kesib o‘tayotgan keksa yoshli ayol va uning nabirasini urib ketadi. 

Ro‘y bergan hodisadan so‘ng Haydarov mashinadan chiqib yordam ko‘rsatishga oshiqadi. Keksa ayol hushsiz edi, nabirasi esa og‘riqdan qattiq baqirardi. Haydovchi jabrlanganlarni mashinaga o‘tkazib, ularni tuman kasalxonasiga olib boradi. 

Shifokorlar qanchalik urinishmasin Niyozbotir qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Gulnora Egamberdiyeva vafot etdi. Voyaga yetmagan Dilfuza Abdullayeva esa tirik qoldi, biroq turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.

Asaka tuman sudi T.Haydaraliyevni besh yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. Haydaraliyev o‘z aybiga to‘la iqror bo‘lgani, qilgan ishidan pushaymonligi, avval sudlanmagani tufayli unga nisbatan amnistiya akti qo‘llanildi hamda sud zalida qamoqdan ozod etildi.

Mavzuga oid
Top