17:17 / 07.03.2017
7643

Bentley ikki o‘rinli yangi mashina yaratdi

Bentley kompaniyasi EXP 12 Speed 6e kontseptual rodster (ochiq ikki o‘rinli kuzovli avtomobil)ni taqdim etdi. U butunlay elektr kuch qurilmasi bilan jihozlangan. Nusxaning ilk namoyishi Jyenevadagi avtosalonda o‘tkazilgan.

Bentley EXP 12 Speed 6e kuch imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotni keltirmadi. Kompaniyadan ta'kidlanishicha, prototip akkumulyatorlarni simsiz quvvatlantirish tizimiga ega. Kontsept-karning yurish zaxirasi Londondan Parijga (taxminan 500 kilometr) yoki Milandan Monakoga (taxminan 400 kilometr) borish uchun yetarli.

Shuningdek nusxa boshqariluvchi elektronikaning alohida ishlash rejimi bilan jihozlandi, u tezlikni ancha keskinlik bilan oshirish imkonini beradi. U rul g‘ildiragi xordi bo‘yicha yuqori qismda joylashgan tugmachani bosish orqali faollashtiriladi. Aynan o‘sha yerda shaharda harakatlanishda tezlikni cheklash tizimini faollashtirish klavishlari ham joylashgan.

EXP 12 Speed 6e’ning markaziy konsoli bukilgan sensorli OLED-displeyga ega. Uning yordamida haydovchi va yo‘lovchi avtomobildagi ko‘plab funksiyalarni boshqarishi mumkin. Masalan, ko‘ngilochar majmua, iqlim nazorati yoki navigatorni.

Bentley EXP 12 Speed 6e intererini bezashda teri, mis, shuningdek daraxtdan foydalanildi.

Bentley EXP 12 Speed 6e’ning seriyali nusxasi chiqarilishi haqida hech qanday ma'lumot bermadi. Avtomobil ishlab chiqaruvchisining ta'kidlashicha, yaqin yillarda barcha modellarning gibridli modifikatsiyalari paydo bo‘ladi. Birinchisi 2018 yilda Bentayga yo‘ltanlamasi bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top