20:45 / 07.03.2017
7587

Ibrahimovich 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan «Bornmut»ga qarshi o‘yindagi vaziyatda aybdor deb topildi.

Tashkilot rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, futbolchi 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan va unga nisbatan jarima tayinlangan. U o‘yin vaqtida zo‘ravonlik ishlatishda ayblangan.

O‘yin vaqtida «Bornmut» himoyachisi Tayron Mingz Ibrahimovichning boshini bosib o‘tgandi. Bunga javoban Zlatan boshqa bir vaziyatda uning yuziga tirsagi bilan zarba bergandi.

Endilikda ushbu shvetsiyalik hujumchi APL doirasida «Sauthempton» va «Midlsbro», shuningdek, Angliya Kubogi doirasida «Chelsi»ga qarshi o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Top