09:42 / 07.03.2017
6810

Yildirim: Rossiya va AQSh bilan kelishmasdan Manbijdagi amaliyotdan ma'ni yo‘q

Foto: AP

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning fikricha, Suriyaning Manbijida harbiy amaliyotlar o‘tkazish AQSh va Rossiya bilan harakatlarni muvofiqlashtirmasdan turib foyda bermaydi. Bu haqda Ahaber telekanali xabar bermoqda.

«Manbijdagi ishlar go‘yoki yaxshi ketayotgandek. Ammo, Rossiya va AQSh bilan kelishib olmasdan turib u yerda amaliyot o‘tkazishdan ma'ni yo‘q. Aks holda vaziyat yanada yomonlashadi. Muzokaralar davom etmoqda», — degan Yildirim. 

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Turkiya prezidenti maslahatchisi Elnur Chevik, Anqara Manbijni olganidan so‘ng, Suriyadagi harbiy harakatlarini to‘xtatishini bildirgan edi. 

Top