11:16 / 07.03.2017
3219

Qozog‘iston Rossiya bilan Transsibir aviayo‘nalishlari bo‘yicha kelishib oldi

Foto: RIA "Novosti"

Qozog‘iston aviakompaniyalariga Transsibir aviayo‘nalishlaridan foydalangan holda parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berilgan. Bu haqda respublika investitsiyalar va taraqqiyot vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

2016 yil aprel oyi o‘rtalarida Qozog‘iston va Rossiya Transsibir yo‘nalishlari bo‘ylab parvozlar hamda RFdan Qozog‘istonga ikkinchi aviatashuvchini qo‘yish borasida muzokaralar o‘tkazishi haqida xabar qilingan edi. 

2016 yil may oyida Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasi Rossiya hukumatiga murojaat qilib, Ostona va Ulan-Bator shaharlari o‘rtasidagi parvozni RF hududidan Transsibir bojini to‘lamasdan amalga oshirishga ruxsat so‘ragandi. 

"Qozog‘iston va Rossiya ikki tomonlama hamkorlik asosida Rossiya Federatsiyasi havo kengliklaridan uchib o‘tish masalasi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Qozog‘iston aviakompaniyalariga Transsibir yo‘nalishlaridan foydalangan holda Ulan-Bator va Tokioga qo‘shimcha parvozlarni amalga oshirish huquqi taqdim etildi", — deyiladi xabarda. 

Top