20:36 / 07.03.2017
8004

«Manchester Siti» sotib olishi mumkin bo‘lgan 4 futbolchi. Barchasi ingliz

«Manchester Siti» bir necha angliyalik futbolchilarni tarkibga qo‘shib olishi mumkin.

Telegraph xabariga ko‘ra, Manchester klubi nazaridagi futbolchilardan biri angliyalik yarim himoyachi Jyek Uilsher («Arsenal» futbolchisi, ijara asosida «Bornmut»da to‘p surmoqda). Shuningdek, «Manchester Siti» «Sanderlend» darvozaboni Jordan Pikford, «Tottenhem» himoyachisi Denni Rouz va «shporlar» xavbeki Kayl Uokerga e'tibor qaratgan.

«Men tarkibda yana bir necha angliyalik futbolchilar bo‘lishini istaymn. Ammo ularning transfer narxi juda qimmat turadi, ishonavering.

Men «Barselona» bosh murabbiyi bo‘lganimda, jamoada mahalliy futbolchilar o‘ynar edi. «Bavariya»daligimda ham tarkib asosan nemislardan tuzilgandi. Ammo bu yerda unday imkoniyat yo‘q.

Bozor shunday. Klub uzoq vaqt akademiya bilan ishlamoqda, ular kelajak haqida o‘ylashmoqda. Umid qilamanki, men o‘sha davrlar kelguncha shu yerda bo‘laman. Balki boshqa murabbiy kelar. Ammo men hozir tarkibda 4 yoki 5 nafar angliyalik futbolchi bo‘lishini istayman» – degan Xosep Gvardiola.

Top