11:14 / 07.03.2017
8813

«O‘zagrotexsanoatxolding» Turkmanistonda texnik markazini ochdi

Qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqaruvchi «O‘zagrotexsanoatxolding» Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘z texnik markazini ochdi. Bu haqda UzDaily xabar bergan.

Ochilish marosimi vaqtida ushbu texnik markaz O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi texnikalariga xizmat ko‘rsatish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashi qayd etib o‘tilgan.

«Turkman-O‘zAvto» xo‘jalik jamiyatiga O‘zbekiston qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqaruvchilarining Turkmanistondagi distribyutori sifatida faoliyat yuritish huquqini beruvchi sertifikat berilgan.

Korxona ta'sischilari «O‘zavtosanoat» AK va Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining «Turkmaniston» davlat savdo markazi bo‘ldi.

O‘zbekiston tomoni Ashxobodda yirik Savdo-servis markazini barpo etib, Turkmaniston hududlarida uning filiallarini ochishni rejalashtirgan. Istiqbolda O‘zbekistonning qishloq xo‘jalik texnikasini Turkmanistonda yig‘ish ko‘zda tutilgan.

Ochilish marosimi ishtirokchilari «Turkman-O‘zAvto» bazasidagi turkman mexanizatorlari va ta'mirlovchi mutaxassislarni tayyorlash o‘quv markazi bilan tanishgan.

Top