22:19 / 07.03.2017
6037

WikiLeaks: Markaziy razvedka boshqarmasining xakerlik dasturlari begona qo‘llarga tushib bo‘lgan

AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi endi turli qurilmalarni buzib kirish uchun mo‘ljallangan kompyuter dasturlarining yagona egasi hisoblanmaydi, bunday dasturlar AQSh hukumati bilan bog‘liq bo‘lmagan odamlar qo‘liga tushib bo‘lgan. Bu haqda  WikiLeaks o‘zining tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi. WikiLeaks MRBga tegishli bo‘lgan katta miqdordagi hujjatlarni ochiq foydalanishga qo‘yib yubordi.

"Yaqinda MRB zararli dasturlar, viruslar, "troyanlar"dan iborat o‘zining xakerlik arsenalining katta qismi ustidan nazoratni qo‘ldan chiqardi", deb ma'lum qildi WikiLeaks. Gap masofadan turib turli texnika jihozlarini boshqaruvchi dasturlar va ular bilan bog‘liq hujjatlar haqida ketmoqda. "Hajmi bir necha million qator koddan iborat noodatiy to‘plam o‘z egasiga xakerlik hujumlarini o‘tkazish uchun MRB ega bo‘lgan barcha imkoniyatlarni taqdim qiladi", deb qo‘shimcha qildi WikiLeaks.

Tashkilotning fikricha, bu to‘plam "hech qanday ruxsatsiz avval AQSh uchun ishlagan xakerlar va pudratchilar qo‘lida bemalol aylanmoqda".

Mavzuga oid
Top