19:35 / 07.03.2017
7288

WikiLeaks MRBning kiberjosuslik bo‘yicha qariyb to‘qqiz ming hujjatini e'lon qildi

Foto: AFP

WikiLeaks sayti AQSh Markaziy razvedka boshqarmasiga tegishli bo‘lgan hujjatlarning birinchi qismini taqdim etdi.

Sayt xodimlarining xabar berishicha, Vault 7 loyihasi deya atalgan bu jarayon razvedka mahkamasining maxfiy qog‘ozlari sizib chiqqan eng yirik holat bo‘ladi.

Year Zero nomli birinchi qism o‘z ichiga 8,7 ming hujjat va faylni qamrab oldi, ular MRBning Lenglidagi qarorgohida joylashgan kiberjosuslik bo‘yicha Markazning ichki tarmog‘ida saqlangan.

WikiLeaks’ning fikricha, e'lon qilingan hujjatlar MRBning maxfiy “xakerlik” dasturi hajmi va aynan nimalardan iborat ekanidan dalolat beradi. Unda Apple va Google smartfonlari, Windows dasturiy ta'minoti va hattoki Samsung televizorlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan o‘nlab usul va zararli dasturlar mavjud. 

Hujjatlardan biri Frankfurtga yo‘l olayotgan xakerlar uchun o‘ziga yo‘riqnoma vazifasini o‘taydi – WikiLeaks’ning taxminicha, Amerika konsulligi u yerda MRB “xakerlik” markazi ishini bajaradi. Shu bilan birga, xakerlarga diplomatik pasportlar berilgan va davlat departamenti tomonidan ularning maxfiylik darajasi ta'minlangan, deb ta'kidlaydi sayt.

Mavzuga oid
Top