20:02 / 08.03.2017
34105

IShID rahbari qayerga yashiringan bo‘lishi mumkinligi xabar qilindi

AQSh razvedkasi ma'lumotlariga ko‘ra, IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy Iroqdagi sahrolarga yashiringan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Xabar qilinishicha, Bag‘dodiy Mosul ostonasidagi janglar vaqtida aloqaga chiqmagan, bu holat jangovar harakatlarga rahbarlik qilish bo‘yicha vakolatlar bevosita dala qo‘mondonlariga topshirilganini bildirishi mumkin.

Qayd etilishicha, u har kuni o‘zi joylashgan joyni bir necha marta o‘zgartirmoqda va imkon qadar o‘zini kuzatishlaridan qutulish uchun hech kim bilan aloqaga chiqmayapti.

Bundan oldinroq Mo‘sulda IShID yetakchisi al-Bag‘dodiyning amakivachchasi qo‘lga olingani xabar qilingandi.

IShIDning kuni bitdi: Tashkilot rahbari mag‘lubiyatni tan oldi

Mavzuga oid
Top