00:12 / 08.03.2017
8829

Toshkentdagi YTH natijasida 75 yoshli yo‘lovchi vafot etdi

3 mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqida NUZ.UZ nashri xabar bermoqda.

Kunduzi soat uchlar atrofida Yuzrabot (mo‘ljal TTZ dahasi, «Korzinka» supermarketi) ko‘chasida «Damas» avtomobili yo‘lovchini urib yubordi. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, mashinani 24 yoshli yigit boshqargan. 75 yoshli yo‘lovchi zudlik bilan Humoyun dahasidagi Respublika Neyrojarrohlik ilmiy markaziga olib borildi. Boshqarmada xabar berilishicha, olingan jarohat tufayli nafaqaxo‘r jonlantirish bo‘limida jon bergan. 

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Haydovchi avtohalokat vaqtida mutlaqo sergak holda bo‘lgan. 

Top