14:42 / 08.03.2017
4267

Vengriyalik mutaxassislar har qanday avtomobilni muqobil mashinaga aylantirishni taklif etishmoqda

Vengriyada startaplardan biri barcha xohlovchilarga atigi 6 ming dollar evaziga oddiy shahar avtomobilidan zamonaviy avtopilotli (o‘zi harakatlanuvchi) avtomobil yasab berishni taklif qilmoqda. AImotive startapi qimmatbaho lidarlarni unutib, mashinaga oddiy kompyuter kameralarini o‘rnatishni tavsiya qilayapti. 

Sun'iy aql va kameralar xaritalari joylashtirilmagan yangi joylarda harakatlanishda juda qo‘l keladi. Biroq, yangi texnologiyaning nuqsonlari ham yo‘q emas. Masalan, qor yoki yomg‘irli havoda bu kabi avtopilotlar atrofni unchalik ham aniq ajrata olmaydi. 

Umuman, tashqi tomondan mashina boshqa avtomobillardan farqlanmaydi, ammo yukxonasi turli asbob-uskunalar bilan qisman to‘ladi. Axir, doimiy ravishda kameralardan olinadigan tasvirlarni qayta ishlaydigan kuchli kompyuterni qayerga ham joylashtirish mumkin. 

Bundan tashqari, AImotive mutaxassislari avtomobillarni turli to‘siqlarni aylanib o‘tishga o‘rgatadigan simulyatorni ham ishlab chiqishgan. Ular, hozirda, o‘z mahsulotlarini sinovdan o‘tkazishni boshlashgan. Biroq, litsenziyasi bo‘lmagani sababli, poligondan tashqariga chiqa olishmayapti. Biroq, ta'kidlanishicha, avtomobil yer osti avtoturargohda yomon natija ko‘rsatmagan. 

Top