22:22 / 08.03.2017
7036

WikiLeaks qo‘liga tushgan MRB hujjatlarining bir foizini ham chop etmagan

Foto: AFP 2017/ Saul Loeb

WikiLeaks sayti qo‘liga tushgan AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining barcha hujjatlarining 1 foizdan kamrog‘ini chop etgan. Bu hujjatlar Vault 7 loyihasi doirasida chop etilgan hujjatlarning birinchi qismiga kirgan, deb ma'lum qildi sayt tvitterda.  

Avvalroq WikiLeaks sayti MRBning Lenglidagi bosh qarorgohida joylashgan kiberrazvedka markazining ichki tarmog‘ida saqlangan 8,7 ming hujjatni chop etgandi. 

"WikiLeaks kecha Vault 7 loyihasi doirasidagi hujjatlarning 1 foizdan kamrog‘ini oshkor qildi", deyilgan xabarda.  

WikiLeaks bu hujjatlarni Vault 7 loyihasi sifatida belgilagan. Sayt xodimlarining aytishicha, ushbu hujjatlarning chop etilishi MRB maxfiy hujjatlarining eng yirik sizib chiqib ketishi bo‘ladi. Hujjatlarning birinchi qismi Year Zero deb nom olgan.

Top