21:25 / 09.03.2017
32510

Hasanboy Do‘smatovning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan Vatanimiz bayrog‘ini yuksakka ko‘tarib, yurtimiz dovrug‘ini dunyoga yanada keng yoyayotgan sportchilarimiz hayotiga nazar tashlash va ularning faoliyatini targ‘ib etish maqsadida "Zamonamiz qahramonlari" rukni tashkil etildi. Shunday ezgu g‘oyaning amaliy isboti sifatida kuni kecha "Mashhur-Press" nashriyoti mazkur ruknning birinchi kitob-albomini chop etdi. Ushbu birinchi kitob Rio-2016 yozgi olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatovning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan. 

Andijon viloyati hokimligida mashhur bokschimizga bag‘ishlangan kitobning taqdimoti o‘tkazildi. Marosimda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, Olimpiada chempionlari Muhammadqodir Abdullayev, Hasanboy Do‘smatov, kitob mualliflari: O‘zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis Senati a'zosi Iqbol Mirzo, taniqli ijodkor Nodir Jonuzoq va Orif Tolib hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari, faol yoshlar ishtirok etdilar.

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Top