13:58 / 09.03.2017
7799

MRBning maxfiy hujjatlarini WikiLeaks'ga kim yetkazgan bo‘lishi mumkin?

Foto: Reuters

Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning gadjyetlarni buzib kirganlikka doir maxfiy hujjatlari WikiLeaks'ga kelishuvga muvofiq ishlovchi davlat xizmatchilari tomonidan yetkazilgan bo‘lishi mumkin. Ularning shaxsi aniqlanmoqda. Bu haqida razvedka xizmatidagi manbasiga asoslanib Reuters xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, MRB va huquq-tartibot organlari xodimlari o‘tgan yilning oxiridayoq mazkur maxfiy ma'lumotlarning WikiLeaks'ga yetkazilgan bo‘lishi mumkinligini gumon qilishgan. 

Mart oyining boshida, WikiLeaks 8,7 mingdan ortiq hujjatni chop etganidan keyin bu gumonlar tasdiqlandi. Materiallarda, xususan, maxsus xizmatlarning gadjyetlarni, shu jumladan  iPhone'larni, shuningdek Android va Windows operatsion tizimdagi qurilmalarni buzib kirish bo‘yicha global dasturi mavjudligi ma'lum qilingan. 

WikiLeaks'da ta'kidlanishicha, MRB arxiv ustidan nazoratni yo‘qotgan va endi davlat uchun xizmat qiluvchi xakerlar va shartnomaviy tashkilotlar xodimlari bu ma'lumotlarga ega bo‘lish imkoniga ega bo‘lishdi. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi chop etilgan hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlamadi. 

Maxsus xizmatlar zamonaviy texnologiyalarni yaxshi biladigan kishilarni tashqaridan yollashiga to‘g‘ri kelmoqda. Kelishuv bo‘yicha ishlaydigan xodimlar bir necha marotaba maxfiy ma'lumotlarning tashqariga chiqishiga sababchi bo‘lishgan. Masalan, Edvard Sonudenda ham shunday bo‘lgan. 

Top