21:07 / 09.03.2017
9477

O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan savdo va investitsion sohalardagi hamkorlikni rivojlantirmoqchi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida 9 mart kuni Saudiya Arabistoni elchisi Abdurahmon bin Abdulloh ash-Shaya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollariga urg‘u berildi.

«Turli darajalarda bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali va kun tartibi bo‘yicha ham fikr almashildi», — deyiladi vazirlik axborotida.

Top