11:13 / 09.03.2017
10762

"O‘zsanoatqurilishbank" ATB moliyaviy ko‘magida Surxondaryo viloyatida qamishdan plita (DSP) ishlab chiqarish loyihasi ishga tushmoqda

Surxondaryo viloyatida “Termiz ta'minot” xususiy korxonasi O‘zsanoatqurilishbank bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qamishdan plita DSP-qurilish materiali ishlab chiqarish loyihasi hammaning e'tiborini o‘ziga tortmoqda. 

Ushbu loyihaning umumiy qiymati 1,9 million dollarni tashkil etadi. Bunda O‘zsanoatqurilishbank mablag‘lari ko‘magida Termiz shahrida ishlab chiqarish quvvati 10 ming m³ yog‘ochni tashkil etuvchi DSP materiali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, mazkur material laminatsiyalangan holda mebel ishlab chiqarish sohasini ham xom-ashyo bilan ta'minlaydi.

Loyihani amalga oshirilishi viloyatning pol qoplamalari va mebel ishlab chiqarish uchun yog‘ochga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish bilan birga, boshqa viloyatlarni ham qurilish materiali bilan ta'minlash va xorijga eksport qilish imkonini beradi.
Shuningdek, Termiz shahrining 47 nafar yosh yigit va qizlari uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Reklama huquqi asosida.
 

Top