17:53 / 10.03.2017
5648

Berluskonini «Makdonalds»da uchratishdi

Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonini «Makdonalds»da tushlik qilib o‘tirganida suratga tushirishdi. Bu haqda The Local yozmoqda.

Suratda Berluskoni qo‘lida menyu bilan o‘tirgani tasvirlangan. Ijtimoiy tarmoqlarning ko‘plab foydalanuvchilari sobiq bosh vazirga restorandagi stolda xizmat ko‘rsatishganini ta'kidlab o‘tishdi, bu tez ovqatlanish tarmog‘i standartlariga to‘g‘ri kelmaydi.

Ta'kidlanishicha, Facebook’da surat bir kunning ichida qariyb 45 ming “layklarni” yiqqan.

Top