19:14 / 10.03.2017
7726

Erdo‘g‘an Turkiya va Rossiya hamkorligining asosiy sohasi qaysiligini aytdi

Kremlda Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin hamda Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Siyosatchilarning uchrashuvi mahalliy vaqt bilan soat 14:12da yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan.

Muzokaralar yakkama-yakka formatda va kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan.

Rossiya prezidenti uchrashuv avvalida Moskva tomoni ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha 

Erdo‘g‘an Rossiya va Turkiya hamkorligidagi asosiy soha sifatida mudofaa-sanoat majmuasi va energetika sohalarini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Turk oqimi" gaz quvuri bo‘yicha ishlar surati kerakli darajaga qaytgan.

Uchrashuvda Rossiya tomonidan TIV rahbari Sergey Lavrov, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamda prezident yordamchisi Yuriy Ushakov ishtirok etgan. Turkiya delegatsiyasida esa prezidentdan tashqari TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li, Milliy razvedka tashkiloti rahbari Hoqon Fidan va matbuot kotibi Ibrohim Qalim bor.

Mavzuga oid
Top