15:07 / 10.03.2017
10650

Istanbulda vertolyot qulashi oqibatida rossiyaliklar halok bo‘ldi

Istanbulda vertolyot qulab tushishi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda CNN Turk telekanalida xabar berildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu xususiy vertolyot bo‘lgan va uning bortida Eczacıbasi xoldingining Rossiyadagi bo‘limi - VitrA Russia bosh direktori Salim O‘zen hamda yana 4 rossiyalik xodim bo‘lgan.

"Biz yangi tafsilotlarni aniqladik. Kompaniya ma'lumotiga ko‘ra, vertolyot bortida Aleksandr Vanin, Igor Kochergin, Lyudmila Chuprova i Yelena Badragan bo‘lgan", deyilgan xabarda.

Turli ma'lumotlarga ko‘ra, bortda jami 7 kishi bo‘lgandi.

The Hurriyet Daily News’ning yozishicha, vertolyot Buyukchekmedjye tumanida teleminoraga urilib, katta yo‘lga qulagan.

Top