09:26 / 10.03.2017
11883

Yirik chorrahalarda chapga burilish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasida Yo‘l harakati qoidalari takomillashtirilishi davom etadi. Toshkent Shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilinishicha, yaqin orada jahonning ayrim rivojlangan mamlakatlari, xususan Yevropa davlatlarining aksariyatida qo‘llaniladigan qoidalar tatbiq etiladi. 

Xususan, tirbandliklar ko‘p yuz beradigan chorrahalarda chapga burilish taqiqlanishi mumkin. Buning o‘rniga avtomobillar yashil chiroqda to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanadi hamda qayrilib olish ruxsat berilgan joydan qayrilib, so‘ngra o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanishni davom ettiradi. 

Bundan tashqari, hozircha, svetoforning qizil chirog‘ida o‘ngga burilishga ruxsat berish bo‘yicha sinov jarayoni davom etmoqda. Bu sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, u ham amaliyotga tatbiq etiladi va Yo‘l harakati qoidalariga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.

Top