13:50 / 10.03.2017
8954

Nukus tumanida reyd: nosoz gaz va elektr uskunalari egalari ogohlantirildi

Foto: Kruz.uz

Nukus tuman IIB YoXB va 16-sonli KYoXK xodimlari tomonidan «Profilaktika kuni» tadbirida bir qator tadbirlar belgilanib amalga oshirildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Mahmud Seydullayev xabar berdi, deb yozmoqda Kruz.uz.

2017 yil 9 mart kuni Nukus tumani «Tok-tau» va «Kutankul» MFY hududida o‘tkazilgan «Profilaktika kuni» tadbiriga Nukus tumani IIB YoXB va 16-sonli KYoXK dan jami 25 nafar xodim, Nukus tuman gaz filialidan va Nukus tumani elektr tarmoqlari korxonasidan 3 nafardan mutaxassislar jalb etilib, ular tomonidan «Tok-tau» va «Kutankul» MFY hududida joylashgan 456 ta fuqarolar yashash uylari va Nukus tuman XTMXMT va TEBga karashli 1ta MTM, 2 ta umumta'lim maktablarining yong‘inga qarshi holati tekshirib chikildi. Tekshirish va o‘rganishlar jarayonida fuqarolar bilan yong‘inlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligi qoidalarga rioya qilish haqida keng suhbat va yo‘riqnomalar berildi.

Tekshirishlar jarayonida asosiy e'tibor fuqarolarning is gazidan zaharlanishning oldini olish, isitish qozonxonalari va pechlarining sozligiga, dudburonlarining tozaligi va bahor mavsumida atrof-muhitni tozalash vaqtida ochik olovdan foydalanmaslikka qaratildi. 

Fuqarolar tomonidan noqonuniy tarzda tabiiy gazni suruvchi nasos moslamalardan va gaz tarmog‘iga qo‘shimcha tarzda rezina shlanglar ulab foydalanish, uyni isitish maqsadida nosoz va qo‘lbola elektr isitish moslamalaridan foydalanish holatlariga chek qo‘yish maqsadida o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, gaz va elektr xo‘jaliklari xodimlari hamda profilaktika inspektorlari bilan birgalikda aholi uylarida reydlar o‘tkazish kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. 

Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz
Top