10:39 / 10.03.2017
26374

O‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun Pinngle bepul messenjerining 10 siri

Bahor keldi, demak – do‘stlar va butun dunyodagi yaqinlarimiz bilan muloqot qilishning yangi davri boshlandi. Biz bilan sizlarni rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va rejalashtirish kerak bo‘lgan yangi loyihalar, yangi munosabatlar, yangi qiziqarli sayohatlar kutmoqda. Bir so‘z bilan aytganda – doim aloqada bo‘lish, ko‘rishish va tinglash darkor. Shunday ekan, Pinngle sizga yordamga keladi. Nima uchun aynan u,  deb so‘rashingiz mumkin. Chunki sizga yaxshi tanish bo‘lgan va siz o‘rgangan messenjerlar safida Pinngle bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi, quyida shular haqida so‘z yuritamiz. Shunday qilib, Pinngle barcha abonentlari uchun o‘z sirlarni ochadi!

Ilovani YuKLAB OLISh:

         

1. Xalqaro loyiha hisoblangan Pinngle O‘zbekiston aholisining ona tilida interfeys ochdi va endi u o‘zbekcha so‘zlaydi!

Pinngle ishlab chiqaruvchilari messenjerning O‘zbekiston aholisi uchun maxsus o‘zbekcha versiyasini yaratishdi. Ilovani sozlashda ona tilingizdagi interfeysni tanlang yoki mavjud til versiyasini o‘zgartiring.
 

2. Faqat Pinngle’da – O‘zbekiston aholisi uchun maxsus yaratilgan stikerlar!

Pinngle  «Nakleykalar do‘konida»  O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus rukn ochildi. Unda O‘zbekiston, uning madaniyati va tarixi, an'analari va urf-odatlari, taomlari va turmush tarzini qadrlovchi kishilarga mo‘ljallangan mavzuli stikerlar to‘plamlari namoyish qilingan. Stikerlar kolleksiyasida “O‘zbekfilm”da olingan kinolentalarga alohida mavzu bag‘ishlangan: mazkur seriyadagi har bir stiker – kinodan olingan, allaqachon tanilib ulgurgan kadr va yorqin iboralardan tashkil topgan. Ularni ota-onangiz, buvi va buvalaringizga ko‘rsating va ularning smartfonlariga Pinngle’ni yuklab oling – ular shirin xotiralar va muloqotning yangi formati uchun sizdan minnatdor bo‘lishadi.

3. Pinngle sizning smartfoningiz energiyasini tejaydi!

Pinngle bilan hatto batareyaning past darajasida ham uzoq suhbat qilish  haqiqatdir. Zaryad olish uchun tanaffus olishga to‘g‘ri kelmaydi! Ilova telefoningiz zaryadini tejaydi, u messenjer analoglari bilan taqqoslaganda 1,5 barobar ko‘proq vaqt ishlaydi. Siz zaryad borasida xavotir olmay, audio- va video-rejimda istaganingizcha muloqot qilishingiz mumkin, chunki Pinngle foydalanuvchilarida telefon batareyasi eng kerakli paytda pand bermaydi.

4. Pinngle internet-trafikni tejaydi!

Messenjerning muhim xususiyati – real sharoitlarga moslasha olish, aloqa yaxshi bo‘lmagan sharoitlarda ham sifatli xizmat ko‘rsata bilish. Pinngle o‘z foydalanuvchilari internet-trafigini tejashni biladi: agar internet trafigingiz tugash arafasida bo‘lsa – siz past trafik rejimini yoqishingiz mumkin: internet iste'moli minimumga tushadi, lekin aloqa sifati yo‘qotilmaydi. Trafikni tejash rejimini yoqing va muloqot qilishda davom eting.

5. Pinngle’da kollektiv chatlar

Siz bir necha kishidan iborat kompaniya bilan muloqot qila olishingiz uchun Pinngle’da kollektiv chatlar ishlamoqda. Siz do‘stlaringiz, tanishlaringiz, xodimlaringiz va hamkorlaringiz bilan matnli, audio- va video-xabarlar almashishish uchun guruhlar tashkil qilishingiz mumkin. Shunchaki ekrandagi “plyus” belgisini bosing, bir necha kerakli kontaktlarni tanlang va guruhda chatlashishni boshlang. Pinngle bilan siz ish joyingizga bog‘lanib qolmaysiz – hujjatlar almashasiz, vazifalar qo‘yasiz, yangi narsalarni o‘rganasiz, dunyoning turli burchaklarida bo‘lsangiz ham, jamoada ishlaysiz.

6. Pinngle — universal ilova

Pinngle messenjerning barcha imkoniyatlarini taqdim etadi: foydalanuvchilar orasida bepul individual va guruhli chat, tezkor xabar, suratlar, fayllar, manzillar va boshqa ma'lumotlar  almashinuvi. Pinngle bilan notanish shaharda yo‘qolib qolmaysiz yoki uchrashuvni o‘tkazib yubormaysiz – suhbatdoshingizga o‘z koordinatalaringizni yo‘llang va bir-biringizni muammosiz toping. Pinngle’ga qo‘shilib, siz telefon kontaktingiz yoki Telegram ro‘yxatidagi abonentlarni taklif qilishingiz mumkin.

7. Pinngle o‘z foydalanuvchilari haqida qayg‘uradi va ularning qulayligi uchun hamma narsaga tayyor

Bir vaqtning o‘zida bir necha messenjerdan foydalanuvchilarga ko‘ra, Pinngle bilan ishlashda qurilma “qizib” ketmaydi.

Shuningdek, Pinngle’da chapaqay-foydalanuvchilar qulayligi uchun klaviatura tartibini o‘zgartirish mumkin.

8. Xavfsizlik – birinchi o‘rinda

Sizning xotirjamligingiz va axborot almashinuvidagi xavfsizligingiz – Pinngle jamoasi faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri. Sizning axborotingiz himoyasi uchun ma'lumotlarni shifrlash tizimi qo‘llanadi. Himoyaning bu usuli fayllaringizning to‘liq konfidetsialligini ta'minlaydi. Hech kim, hatto Pinngle ham, sizning xabarlaringiz va qo‘ng‘iroqlaringiz mazmunidan xabar topa olmaydi.

9. Har qanday formatdagi fayllar – hajmga doir cheklovlarsiz

Pinngle bilan taassurot va axborot almashish – oson va oddiy. Hujjatlar, suratlar, audio- va videomateriallar almashing, cheklanmagan hajmdagi fayllarni bepul yo‘llang va u o‘z manziliga aniq yetib borishiga ishonch hosil qiling. Pinngle har qanday formatdagi faylni osonlikcha jo‘nata oladi.

10. Pinngle O‘zbekiston va dunyoning barcha burchaklarida juda yaxshi ishlaydi

Pinngle butun dunyo, hattoki internet-trafik almashinuvi cheklangan mamlakatlar bo‘ylab tarmoqqa chiqish imkonini beruvchi algoritmni ishlab chiqdi. Siz sayyoraning istagan nuqtasidan turib faol ishlashingiz, o‘qishingiz, hordiq chiqarishingiz mumkin. Pinngle O‘zbekistonning internet zaif bo‘lgan eng chekka burchaklarida va xorijda, hatto boshqa messenjerlar o‘chirilgan mamlakatlarda ham barqaror ishlaydi. Pinngle GPRS/EDGE/2G – past darajali uyali aloqa tarmoqlarida audio- va video-qo‘ng‘iroqlarni yuqori HD formatda amalga oshirish hamda ovoz va tasvir sifatini yo‘qotmagan holatda ishlash imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda: internet tezligi qanchalik past bo‘lmasin, aloqa sifati doim a'lo bo‘ladi!

Zero Pinngle boshqalar buning uddasidan chiqmagan joylarda ham ishlaydi.

Har doim va hamma joyda aloqada qoling. Vaqtingizni yo‘qotmang, yuklang va biz bilan birga ishonch hosil qiling: cheklovlarsiz muloqotdan-da qadrli narsa yo‘q.

 

Ilovani YuKLAB OLISh:

         

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top