23:54 / 11.03.2017
9295

La-liga. Chempionlikka da'vogarlardan biri ochko yo‘qotdi

Ispaniya chempionatining 27-turi doirasida «Sevilya» o‘z maydonida «Leganes»ni qabul qilib muhim ochkolarni boy berib qo‘ydi. 

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq mehmonlar futbolchi Pires hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim tugashi arafasida Yovetich muvozanatni tikladi. Bu uchrashuvdagi so‘nggi gol bo‘lib chiqdi.

Natijada, «Sevilya» ketma-ket ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi. (o‘tgan turda «Alaves» bilan durang). Endilikda Sampaoli shogirdlari hisobida 57 ochko bor va jamoa o‘zidan bitta o‘yin kam o‘tkazgan «Barselona»dan 3, ikkita kam o‘yin o‘tkazgan «Real»dan 2 ochko ortda qolmoqda.

Turning yana bir uchrashuvida «Valensiya» «Sporting Xixon»ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Ispaniya La-ligasi, 27-tur

Sevilya – Leganes 1:1 (1:1)

Gollar: Yovetich (43) – Pires (3). 
Sevilya: Riko, Langle (Nzonzi, 46), Rami, Mariano, Karrisu, Kranevitter, Montoyya (Vetto, 46), Sarabiya, Korrea, Vaskes (Iborra, 69), Yovetich.
Leganes: Yago Errerin, Mantovani, Tito, Bustinsa, Siovas, Pires (Insua, 90+1), Peres, Shimanovski (Machis, 63), Moran, El-Jar, Gerrero (Lusiano, 68).
Ogohlantirishlar: Sarabiya (57), Pires (60), Mantovani (67), Kranevitter (75), Peres (89).

Valensiya – Sporting Xixon 1:1 (0:0)

Gollar: Munir (85) – Chop (60).
Valensiya: Diyego Alves, Mangalya (Baqqoli, 82), Garay, Gayya, Joau Kanselu, Parexo, Soler, Orelyana, Montoyya (Santi Mina, 63), Munir, Zaza.
Sporting Xixon: Kuelyar, Xorxe Mere, Kanelya, Duglas Pereyra, Baben, Kases (Xavi Torres, 80), Mikel Vesga, Karmona, Alvares, Burgi (Elderson, 73), Chop (Kastro, 77).
Ogohlantirishlar: Orelyana (2), Zaza (19), Kases (29), Duglas Pereyra (49), Mangalya (50), Chop (76), Kuelyar (79), Xavi Torres (90).

Mavzuga oid
Top