09:06 / 11.03.2017
5467

OAV Brexit boshlanishi sanasidan xabar topdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayonini 14 mart kuni boshlashi mumkin, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.

Jarayonni boshlash uchun bosh vazir Lissabon kelishuvining 50-moddasini faollashtirishi kerak. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, jarayonni tezda boshlashni vazirlar mahkamasi talab qilgan. 

13 mart kuni Britaniya parlamentining quyi palatasi lordlar palatasi tomondan Brexit jarayonini boshlash haqidagi qonun loyihasiga kiritilgan o‘zgarishlarni ko‘rib chiqadi. Taxmin qilinishicha, qonun loyihasi shu kuni ikkala palata tomonidan ham ma'qullanadi. 

Ushbu jarayon "ping-pong" deb nom olgan, chunki hujjat ikkala palata a'zolari uni to‘liq ma'qullanmagunlaricha parlamentning bir palatasidan ikkinchisi palatasiga ko‘rib chiqish uchun qayta-qayta jo‘natilaveradi.

Brexit jarayoni boshlangandan keyin Britaniya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida ikki yillik muzokaralar davri boshlanadi.

Mavzuga oid
Top