23:53 / 12.03.2017
8682

Germaniya TIV rahbari: Yevropaning yagona "iltifotli qo‘shnisi" – shimoldagi oq ayiqlar

Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Yevropa kelajagiga bag‘ishlangan konferensiyada Yevropaning qo‘shnilari mavzusida qiziq fikr bildirdi. "Ekspert online" shu haqida ma'lum qildi

"Agar xaritaga qarasangiz, Yevropaning faqat bir tomondan iltifotli qo‘shnisi borligi, bu ham bo‘lsa, shimoldagi oq ayiqlar ekanini ko‘rasiz. Boshqa tomondan - Rossiya, Turkiya, Shimoliy Afrika - qiyin qo‘shnilar", - dedi Zigmar Gabriel.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni davlatlar qanday bo‘lishidan qat'i nazar, ular bilan muloqot qilish va hamkorlik taklif qilishga to‘g‘ri keladi. "O‘ylashimcha, bunday vaziyatlarda, hamkor qanchalik qiyin bo‘lmasin, u bilan muloqot qilish kerak", - deydi Germaniya TIV rahbari. 

Mavzuga oid
Top