21:32 / 12.03.2017
10423

LG G6 1 kun davomida muzlatgichda qoldirildi

YouTube-bloger Maks Li LG kompaniyasining IP68 standartlariga javob beradigan yangi flagmani – G6'ni muzlatib, tekshirib ko‘rishga harakat qildi. 

Bloger smartfonni sovuq suvga qo‘ydi va uni 1 kun davomida muzlatgichda qoldirdi. 1 kun o‘tgach, G6’ni muzlagan holda oldi. 

Natija kutilganidek bo‘ldi: smartfon hech qanday zarar ko‘rmadi. Flagman yoqilgach, uning sensori ham, ovoz qismi ham dastlabki holatda ishlayotgan edi. 

Mavzuga oid
Top