08:23 / 12.03.2017
7696

Turk vaziri jahon hamjamiyati Niderlandiyaning "fashistcha harakatiga" munosabat bildirishi kerakligini aytdi

Turkiyaning oila ishlari va ijtimoiy siyosat bo‘yicha vaziri Fatma Betul Sayon Kayya Niderlandiya hukumatining uni mamlakatdan chiqarib yuborish qarorini qoraladi.

"Barcha demokratik va umuminsoniy qadriyatlarni pisand qilmay, meni Niderlandiyaning Neymegen shahri orqali Germaniyaga qaytarishmoqda. Bu qarorni barcha turklar nomidan qoralayman. Jahon hamjamiyati bu fashistcha harakatga munosabat bildirishi kerak", deb yozdi vazir tvitterda.

Kayyaning aytishicha, ayol vazirga nisbatan bunday munosabatda bo‘lishga qat'iyan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 

Top