11:25 / 12.03.2017
5741

Venger 5-divizion jamoasiga qarshi g‘alabali o‘yindan keyin: Men haqimda ko‘p gapirilmasin

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya kubogining 1/4 finalida beshinchi divizion klubi «Linkoln Siti» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Yaqinda muxlislarimizni xafa qilgan edik. Biz yana «Uembli»ga otlanib, Angliya Kubogini yutmoqchimiz. Klub Chempionlar ligasida katta omadsizlikka uchradi. Bunga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish kerak.

Keling, men haqimda juda ko‘p gapirishni bas qilamiz. Men butun umrimni shu klub rivoji uchun o‘tkazdim va ketgunimcha shu ish bilan mashg‘ul bo‘laman. Har doimgidek o‘z ishim bilan mashg‘ulman. Boshqalarga o‘z ishimni baholashga yo‘l qo‘yib beraman. Men shunchaki, diqqatimni keyingi o‘yinga qaratganman.

«Linkoln»ni tabriklayman - ular bu mavsumda Angliya Kubogida ko‘p narsaga erishdi. Bu o‘yini yaxshi tashkil qilingan jamoa. Bizga o‘zimizga ishonch yetishmayotgandi va bu jamoa ustidan g‘alabadan keyin bizda o‘zimizga ishonch qaytdi», deya Vengerning so‘zlarini keltirgan BT Sport.

Top