19:49 / 13.03.2017
7622

Air India ortiqcha vaznga ega bort kuzatuvchilarni bo‘shatib yubordi

Hindistonning Air India davlat aviakompaniyasi ortiqcha vaznga ega 34 xodimini ishdan bo‘shatdi. Aviakompaniya vakillarining tushuntirishlaricha, ekipaj a'zolarining tashqi ko‘rinishi kompaniyaning asosiy sharti hisoblanmaydi va bu chora faqatgina parvozlar xavfsizligini ta'minlash uchun amalga oshirilgan.

Aviakompaniyada parvozlar xavfsizligi va bort kuzatuvchilar vazni orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa borligi qo‘shimcha qilingan. Favqulodda vaziyatlarda ekipaj a'zolari nafaqat kuzatuvchilarga yordamlashishlari, balki evakuatsiyani tashkillashtirishlari kerak. Xususan, suvga favqulodda qo‘nishda bort kuzatuvchilar havo bilan shishirilgan trapdan tushib, odamlarga qutqaruv qayig‘iga chiqishlarida yordam berishlari kerak. Buning uchun esa bardoshlik, kuch va epchillik talab etiladi. Kompaniyada aytilishicha, evakuatsiya muvaffaqiyatli o‘tishi uchun bort kuzatuvchilarda unga 90 soniyadan ko‘p vaqt ketmasligi kerak.

Aviakompaniya vakillari ortiqcha vaznga qarshi choralar nafaqat Hindistonda, balki boshqa davlatlarda ham qo‘llanishini aytishdi. Jumladan, Xitoyda ekipaj a'zolarining ortiqcha vazni ularga favqulodda vaziyatlarga mos holda harakat qilishlarida xalaqit beradi, deb hisoblanadi. 

Top