00:18 / 13.03.2017
30486

Turklar bilan nizoga kirishgan Niderlandiyaning nomi yana "o‘zgardi"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiyaning Xo‘jayli viloyatida o‘tgan tadbirda so‘zlagan nutqida Niderlandiya o‘zini "banan respublikasi" kabi tutayotganini aytdi.  

Turkiyaning tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu samolyoti Niderlandiyaga qo‘yilmagandan va yana bir turk vaziri Fatma Betul Sayon Kayyu Niderlandiyadan chiqarib yuborilgandan keyin ikki davlat o‘rtasida diplomatik mojaro avj oldi.

Shundan keyin Erdo‘g‘an Niderlandiya hukumatini keskin tanqid qilib, ularni "fashistlar" deb atagan va hatti-harakatlarini "irqchilarga xos" deb aytgan. Bundan tashqari, u xuddi shunga o‘xshash javob choralari ko‘rilishini bildirgan.

Zamonaviy tilda "banan respublikasi" iborasi sotqin hukumat, vayron bo‘lgan iqtisodiyot, qatta tashqi qarzga ega, korrupsiyaga botgan davlatga nisbatan ishlatiladi. 

Top