15:38 / 13.03.2017
7172

Eron rahbari Moskvaga otlanmoqda

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning Moskvaga tashrif bilan kelishiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini tasdiqladi. Bu haqda TASS xabar tarqatdi.

«Bunday aloqalar tayyorlanmoqda, biz tegishli bayonot bilan chiqamiz», - dedi Peskov.

Taxminlarga ko‘ra, muzokaralar 28 mart kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Eronning Rossiyadagi elchixonasi mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy Rossiyaga prezident Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun mart oyida tashrif buyurishni rejalashtirayotganini tasdiqlagandi.

Mavzuga oid
Top