22:35 / 13.03.2017
7390

OChL. «Lokomotiv» «Ozodi»da ilojsiz qoldi

Bugun — 13 mart kuni Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida 3-tur o‘yinlari doirasida O‘zbekistonning yana bir vakili «Lokomotiv» Eron «Istiqlol» jamoasi maydoniga safar qildi. «Ozodi» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mezbon jamoa safida dastlab, birinchi bo‘limning 37-daqiqasida Ismoili hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 83-daqiqasiga kelib Ali Gorbani Nesterov darvozasiga ikkinchi golni urdi.

Bu toshkentliklar jamoasining guruh bosqichidagi ikkinchi mag‘lubiyati va jamoa guruhdan chiqish imkoniyatini pasaytirdi.

Osiyo Chempionlar ligasi, 3-tur

«Istiqlol» (Eron) – «Lokomotiv» (O‘zbekiston) 2:0
Gollar: 1:0 - 37 Ismoili, 2:0 - 83 Ali Gorbani.

Mavzuga oid
Top