22:44 / 13.03.2017
6494

Poroshenko ikki davlat fuqaroligini taqiqlamoqchi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko "Ukraina fuqaroligi to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgarishlar kiritishga taalluqli qonun loyihasini oliy radaga ko‘rib chiqish uchun kiritdi. 

Qonun loyihasi 13 mart kuni kiritilgan va unga "shoshilinch" maqomi berilgan. Unga berilgan ta'rifda ikki davlat fuqaroligini taqiqlash haqida hech narsa aytilmagan, biroq prezidentning oliy radadagi vakili Artur Gerasimov gap aynan shu haqida ketayotganini aytgan.

"Qonun loyihasi ikki davlat fuqaroligi masalasini hal qilishga taalluqlidir. Bu qonun bilan ko‘ngilli tarzda xorijiy davlat fuqaroligini oladigan shaxs Ukraina fuqaroligini tugatish talabi ta'siri ostiga tushadigan deb belgilanadi", deb aytgan Gerasimov.

Gerasimovning aytishicha, bu masala boshqa davlat fuqaroligining ko‘ngilli tarzda olinishi bilan bog‘liq vaziyatga taalluqli bo‘ladi.

Top