09:02 / 13.03.2017
5101

Rossiyalik shifokor doping mojarosi tufayli umrbod chetlashtirildi

Foto: AFP

Lozannadagi sport arbitraj sudi doping mojarosi "qahramonlaridan" biriga aylangan doktor Sergey Portugalovni umrbod chetlashtirdi. U dopingga qarshi qoidalarni buzishda aybdor deb topildi, deb xabar beradi "R-Sport" agentligi.

Shifokor Xalqaro yengil atletika federatsiyalari dopingga qarshi qoidalarining bir necha bandlarini buzishda ayblanmoqda. Ular orasida: “Taqiqlangan uslubga ega bo‘lish”, “Taqiqlangan uslubni tarqatish yoki unga bo‘lgan urinish”, “Taqiqlangan uslubni qo‘llash yoki unga urinish” bor. Portugalovning diskvalifikatsiyasi 10 martdan kuchga kirdi.

Portugalov Germaniyaning ARD telekanali tomonidan Rossiya yengil atletikasidagi doping haqida surishtiruvdagi “qahramonlardan” biridir. Mojaroli video Butunjahon dopingga qarshi agentlik (WADA)ning tekshirish ishlarini boshlashi va rossiyalik yengil atletikachilarning Braziliyadagi Olimpiada-2016’dan chetlashtirilishiga olib keldi.

Ma'lumot uchun, Sergey Portugalov – sport tibbiyoti va farmakologiya sohasidagi mutaxassis, Butunrossiya jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqot instituti rahbarining sobiq o‘rinbosari.

Mavzuga oid
Top