16:27 / 13.03.2017
14679

Samsung Galaxy S8 yoki iPhone 8 - ekspertlar taxmini

KGI Securities tahlilchisi Min-Chi Kuo Samsung Galaxy S8 qurilmasi asosan yangi iPhone modeli relizi sabab muvaffaqiyatsizlikka uchrashini aytdi. "9to5Mac" shu haqida xabar berdi

Kuo Galaxy S8 sotuvlari o‘tgan yilgi Galaxy S7 sotuvlarida qayd etilgan rekorddan o‘ta olmaydi. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Samsung kompaniyasining yangi gadjyetida "jalb qiluvchi jihatlar" yetishmaydi, shu bois u OLED-displeyli yangi iPhone xaridorlarni ko‘proq o‘ziga tortishini taxmin qildi. 

Bundan avval Samsung yangi planshetlarini namoyish etgani va Galaxy S8 taqdimoti muddatini e'lon qilgani haqida ma'lum bo‘lgan edi. Unga ko‘ra, yangi flagman smartfoni taqdimoti 2017 yilning 29 mart kuni bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid
Top