23:43 / 13.03.2017
5161

WP: AQShning 2018 yilgi byudjyeti loyihasida katta qisqartirishlar ko‘zda tutilgan

AQShning 2018 moliyaviy yilga mo‘ljallangan byudjyeti Ikkinchi jahon urushidan keyingi AQSh hukumatining bir vaqtning o‘zida eng katta miqdorda qisqartirilishini ko‘zda tutmoqda. Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda.

1 oktabrda boshlanuvchi 2018 moliyaviy yil byudjyeti loyihasi 16 mart kuni taqdim qilinishi rejalashtirilgan. Unda harbiy ehtiyojlar va AQSh milliy xavfsizligini ta'minlashga ajratiladigan mablag‘lar ustuvorlik qiladi. Bunda xarajatlarning qolgan moddalari, jumladan kam ta'minlanganlarni uy-joy bilan ta'minlash, boshqa davlatlarga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish dasturlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga ajratiladigan mablag‘lar "kesib tashlanadi". 

Ma'lum qilinishicha, rejalashtirilayotgan qisqartirishlar Vashingtonda bandlikning 1,8 foizga qisqarishiga olib keladi. 

Taxmin qilinishicha, AQShning 2018 moliyaviy yildagi xarajatlari 4,091 trln dollarni tashkil qiladi. Bu qiymatdan uchdan ikki qismi ijtimoiy sug‘urta dasturlariga, kam ta'minlangan va keksa yoshlilarga tibbiy yordam ko‘rsatishga, davlat qarzini to‘lash va shu kabi xarajatlarga sarflanadi. AQSh ma'muriyati byudjyetning qolgan qismining yarmidan ko‘prog‘ini mudofaaga yo‘naltirmoqchi. Shu bilan birga AQSh Davlat departamenti va unga kiruvchi Xalqaro taraqqiyot agentligini moliyalashtirishni 37 foizga, Uy-joy qurilishi va shaharlar rivojlanishi vazirligini 14 foizga, savdo vazirligini 18 foizga, Atrof-muhitni muhofaza qilish federal agentligini 20-25 foizga qisqartirilmoqchi.

Mavzuga oid
Top