14:57 / 13.03.2017
8686

Neft narxi arzonlashuviga AQSh aybdor

Amerikaning Baker Hughes kompaniyasi tomonidan e'lon qilingan AQShdagi burg‘ilash uskunalari soniga doir ma'lumotlardan so‘ng, jahon neft narxi pasaya boshladi. Savdolar natijalari shunday deyishga asos bo‘lmoqda. 

Xususan, Brent navli Shimoliy dengiz neft aralashmasi uchun may oyi fyuchersi 0,68 foizga arzonlashib, bir barreli 51,02 dollarga pasaydi. WTI navli neftning aprel oyi fyuchersi 0,82 foizga pasayib, bir barreli 48,09 dollarni tashkil etgan. 

Baker Hughes ma'lumotlariga ko‘ra, 10 mart kungi holatga binoan, AQShda neft qazib oluvchi burg‘ular soni 12 donaga ortib, 768 donaga yetgan. 

Neftning arzonlashuvia AQSh energetika vazirligining mamlakatdagi neft zaxirasiga doir axboroti ham ta'sir ko‘rsatgan. O‘tgan haftada zaxiralar 8,2 million barrelga oshgani xabar qilingan. Shu bilan Amerikada 528,4 million barrel neft saqlanadi. 

Mavzuga oid
Top