15:44 / 14.03.2017
18509

Eng tezkor politsiya avtomobili bo‘yicha Ginnes rekordi yangilandi

Dubay politsiyasi Ginnesning dunyodagi eng tezkor politsiya avtomobili bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Bu haqida Gulf News'da xabar berildi

Ginnesning jahon rekordi delegatsiyasi Dubay politsiyasi rahbari general-mayor Abdulla Xalifa Al-Merri bilan uchrashdi va unga dushanba kuni eng yaxshi politsiya amaliyoti 11-forumida sertifikatni topshirdi. 

Dubay politsiyasining Bugatti Veyron superavtomobili AQShning maksimal tezligi soatiga 360 kilometrni tashkil qiladigan Lamborghini avtomobili rekordini ortda qoldirdi. 

Bugatti Veyron'ning maksimal tezligi soatiga 407 kilometrni tashkil qiladi, 16 silindrli avtomobil 1200 ot kuchiga teng qudratga ega. Bu esa unga atigi 2,5 soniyada 100 kilometr/soat tezlikni qayd etishiga imkon beradi. 

Dubay politsiyasida shuningdek Lamborghini Aventador LP 700-4, Aston Martin One-77, Bentley Continental GT, Ferrari FF, Audi R 8, Nissan GTR, Mercedes SL 63 va Maclaren MP4-12C avtomobillari ham xizmat ko‘rsatadi. 

Top