00:24 / 14.03.2017
34016

Erdo‘g‘an: "Merkel, sen terrorchilarni qo‘llab-quvvatlaysan"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Germaniya hukumati va kansleri Angela Merkel o‘z davlatlari hududida terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashlarini aytdi. Erdo‘g‘an bu haqda A Haber telekanali efirida aytib o‘tdi.

"Germaniya eng shafqatsiz tarzda terrorchilarga ko‘mak ko‘rsatadi. Biz avvalroq Germaniyaga terrorchilar haqida 4,5 mingta hujjat yuborgandik", deb aytdi Erdo‘g‘an. 

"Merkel, sen terrorchilarni qo‘llab-quvvatlaysan, boqasan. Biz 4,5 mingta hujjat yuborganmiz, biroq ular bo‘yicha birorta chora ko‘rilmagan", deb qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘an.   

Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiyada ushlangan Die Welt nemis nashri jurnalisti Deniz Yujyelni "ayg‘oqchi va terrorchi" deb atadi. 

Mavzuga oid
Top