16:36 / 14.03.2017
6639

Ford texnik xizmat ko‘rsatishning yangi usulini o‘ylab topdi

Amerikaning Ford kompaniyasi dilerlik markazlarida texnik xizmat ko‘rsatishning yangi usulini o‘ylab topdi. Ishlab chiqaruvchi Panasonic kompaniyasining Shimoliy Amerikadagi sho‘'ba korxonasi bilan hamkorlikda SmartService Kiosk terminalini ishlab chiqdi. U texnik xizmat ko‘rsatish ro‘yxatiga yozilish jarayonini yengillashtiradi. 

Terminallar texnik xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirishga yordam beradi. Ular kechayu-kunduz ishlaydi, mashina kalitini qoldirish va olish imkonini beradi. Unda zaruriy xizmatni tanlash hamda bajarilgan xizmat uchun plastik kartada to‘lash mumkin. Kalitni topshirgach, mashina egasining elektron pochtasiga 
QR-kodli maktub keladi, uni mashinani olish vaqtida skanerdan o‘tkazish talab etiladi. 

Yangi terminallar shu yilning yanvar oyidan Michigan shtati Birch Randagi dilerlik markazlaridan birida sinovdan o‘tkazilmoqda. Shundan so‘ng, terminallardan tijoriy foydalanish xususida yakuniy xulosaga kelinadi. 

Top