22:16 / 14.03.2017
4800

Qozog‘istonning 4 ta viloyati hokimi o‘zgardi

Qozog‘iston prezidenti bir necha xodimlar o‘zgarishlarini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Zakon.kz nashri.

Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning 4 ta viloyati hokimini o‘zgartirdi.

Qarag‘anda viloyati hokimi (akimi) etib Yerlan Koshanov, Oqmola viloyati hokimi etib Murzalin Malik, Mang‘istau viloyati hokimi etib  Yerali Tugjanov va Shimoliy Qozog‘iston viloyati hokimi etib Kumar Aksakalov tayinlandi. 

Shuningdek, Respublika byudjyeti ijrosini nazorat qilish hisob palatasi raisi ham o‘zgargan. Palataga Qarag‘anda viloyatining sobiq hokimi Nurmuxambet Abdibekov rahbar etib tyinlandi.

Nazarboyev buyrug‘i bilan Darxan Minbay Qozog‘iston xalqi assambleyasi raisi o‘rinbosari, Prezident ma'muriyatining Qozog‘iston xalqi assambleyasi kotibiyati boshlig‘i etib tayinlandi.  

Top