22:41 / 14.03.2017
7086

Shimoliy Koreyaga AQSh telekompaniyasi rahbari keldi

AQShning CBS telekompaniyasi rahbari Devid Rods Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanga keldi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi. Rodsning Shimoliy Koreyaga kelishidan maqsad nimaligi ma'lum qilinmagan.

AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud emas. Ikki davlat o‘rtasida ko‘plab yillardan beri taranglik saqlanib keladi. Vashingtonning Pxenyandagi manfaatlarini Shvetsiya elchixonasi bildiradi.  

CBS rahbari Pxenyanga Vashington va Seul Koreya yarimorolida katta ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan vaqtda keldi. Bu mashg‘ulotlar Shimoliy Koreya rahbariyatida keskin norozilik uyg‘otgan. 

Mavzuga oid
Top