16:23 / 14.03.2017
51045

Zamonaviy qullikning alomatlari

Qullik rasman 1861 yilda bekor qilingan hisoblansa-da, insoniyat jamiyatdagi ushbu salbiy ko‘rinish bilan hamon kurashib kelmoqda. Bunga esa sabablar ko‘plab topiladi. Urushlar, beqaror iqtisodiy holat, savodli insonlarning kamligi, korrupsiya, siyosiy boshqaruv institutlarining mukammal tizim sifatida ishlamasligi, banklar, bu borada axborotning yetarli emasligi, orzu-havas bilan bog‘lanuvchi dabdabali to‘y orzusi... bu ro‘yxatni istagancha davom ettirish mumkin. Aslida, zamonaviy qulchilikni boshqarayotganlardan boshqa hech kim nima bo‘layotganini aniq ayta olmaydi. Oqibatda kambag‘al odamlar soni to‘xtovsiz ko‘paya boradi. Xo‘sh, zamonaviy qullar qanday yashaydi va ular nima uchun vaziyatni o‘nglash uchun harakat qilishmaydi? Bu savolga dastlabki javob shundan iboratki, ularning aksariyati o‘zlarini qul deb hisoblamaydi. Quyida ushbu jarayonning boshqa jihatlarini ham ko‘rib chiqamiz. 

Zamonaviy kishi ishlab topayotgan daromad aksar hollarda atigi bir oyga yetadi-turadi.

Bu mablag‘ ipoteka yoki ijara pulini to‘lash, ayrim mahsulotlar xarid qilish va yo‘lkiraga kifoya qiladi, xolos. Agar, u nafaqa yoshiga yetsa, u maoshining 1/3 qismini pensiya sifatida oladi va bu umrining oxirigacha o‘zgarmay qoladi. Inson harchand urinmasin, bundan chetga chiqa olmaydi. 

Zamonaviy qullarning dardi-xayoli xarid qilish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ha, hozirgi vaqtda insonlar go‘yoki xarid qilish uchun ishlamoqda. U o‘ziga reklama qilinayotgan va sun'iy ravishda tanqislik hosil qilingan narsalarni xarid qiladi. Yoki u doimiy ravishda nimadur, ammo yangi, qiziq va aslida unga umuman keraksiz bo‘lgan narsani sotib oladi. Insonlar ongiga ta'sir o‘tkazish texnologiyalari qullarning cho‘ntagini o‘marish vazifasini ajoyib tarzda uddalamoqda. Yangi mahsulotlar ortidan quvish insonni kasodga uchratadi. Qayerda kasodlik bo‘lsa, o‘sha yerda qarzdorlik ham borligini unutmaslik kerak. Oqibatda, inson kasodga uchramaslik uchun tinimsiz ishlaydi, qarzini yopadi va xarid qiladi. 

Zamonaviy qul tinimsiz qarzini to‘laydi.

Aytish joizki, kredit tizimi iqtisodiyot rivojlangan va jiddiy o‘sayotgan mamlakatlarda yaxshi ishlaydi. Beqaror iqtisodiyotga ega mamlakatlardagi insonlar biznesini rivojlantirish uchun kredit olgudek bo‘lsa, umrining oxirigacha qarz to‘lashga majbur bo‘lib qolishi mumkin. Ta'mirlash yoki maishiy texnikalarni xarid qilmoqchi bo‘lganlar yashirin komissiyalar va foizlarni to‘lashda pulini yo‘qotadi. Kreditni olishda chuqur o‘ylanmasa, kredit qulligi paydo bo‘lishi mumkin. 

Qul har kuni pulini yo‘qotadi.

Inson kuniga 16 soatlab ishlagan taqdirda ham kambag‘alligicha qolaveradi. Chunki, kunduzi ishlagan pulidan kechqurun atigi yarmi cho‘ntagida qoladi. Qolgan yarmini pulning qadrsizlanishi, kredit bo‘yicha foizlar, ijara, ipoteka kabilar yamlab yuboradi. Qolgan yarmini inson oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak va boshqa xarajatlarga yetkazishi kerak. 

Qul erkinligi cheklangan.

Inson o‘z xohishi bilan turmush sharoitini o‘zgartira olmaydi, chunki ipsiz bog‘langan. O‘zgartirish uchun unda mablag‘ yo‘q. Agar u ishlashni bas qilsa, oilasi och qoladi. 

Qul o‘zining vaqti qancha turishini bilmaydi.

Ha, zamonaviy qullar uning ishi va o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsuloti qancha turishini bilmaydi. Bu ayniqsa, intellektual mulk va og‘ir jismoniy mehnat talab etiladigan sohalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ishchi qo‘shimcha qiymat solig‘i soliq idoralari tomonidan qaytarilishi, buxgalteriyada bu kabi pullar to‘planishini bilmaydi. Bu mablag‘lar ishchi, korxona va davlat o‘rtasida taqsimlanishi kerak bo‘lgan pullar edi, aslida. Axborotning mavjud emasligi – ish beruvchi yoxud davlat idorasi bilan masalaga oydinlik kiritishda imkoniyatning nolga tengligini bildiradi. Shu bois, ishchi unga nimani buyurishsa, shuni qiladi, chunki u boshqacha yo‘l tutish mumkinligini bilmaydi. 

Mavzuga oid
Top