17:14 / 15.03.2017
8349

Damashq markazida kuchli portlash ro‘y berdi, qurbonlar ko‘p

Suriya poytaxti Damashq shahrida kuchli portlash ro‘y berdi. SANA axborot agentligi ma'lumotiga ko‘ra, portlash sud binosi hududida xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan.

Xabarlarda aytilishicha, portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 25 nafarni tashkil qilmoqda. Qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilgan.

Top