21:04 / 15.03.2017
9564

Damashqda teraktlar kuni. Shaharda yana ikki portlash ro‘y berdi

Suriya poytaxti Damashq shahrida yana ikkita portlash sodir etildi. Bu haqda Livandagi «Al-Manar» telekanalida xabar qilingan.

«Xudkush terrorchilar tomonidan yana ikki portlash sodir etildi. Ular Damashq shimolidagi Al-Mazza va Rukn ad-Din tumanlarida o‘zini portlatgan», — deyilgan telekanal ma'lumotida.

Ushbu teraktlar oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni keltirilmagan.

Bundan oldinroq Damashqdagi sud binosi oldida terrorchi o‘zini portlatishi oqibatida 31 kishi halok bo‘lgani va 60dan ortiq kishi jarohatlangani ma'lum qilingandi. Voqea joyiga 4 terrorchi kelgandi, ular sud binosiga kira olmagach, biri o‘zini portlatgan, ikkinchisi yaqin atrofdagi restoranda terakt sodir etgandi. Yana ikki terrorchini politsiya ta'qib qilayotgandi.

Mavzuga oid
Top